Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Inson huquqlari sohasida memorandum imzoladi
BMTning Taraqqiyot dasturi (PROON) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi inson huquqlari sohasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha hamfikrlik memorandumini imzolashdi. Bu haqda gazeta.uz xabar bermoqda.
Milliy markazda ma'lum qilinishicha, hujjat inson huquqlari va erkinlarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasidagi faoliyat haqidagi ma'lumot va hujjatlar bilan almashish, maslahatlashuvlar o‘tkazish, ushbu sohada dastur va rejalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, birgalikda adabiyotlar yaratish va nashr etish, milliy va xalqaro tadbirlar va treninglar tashkil etish hamda BMTning inson huquqlari sohasidagi tuzilmalarining ta'lim dasturlarida o‘zbekistonlik mutaxassislarning ishtirokini ko‘zda tutadi.
Memorandum 20-21 oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalashni ta'minlash milliy tizimi: mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar" xalqaro anjumani doirasida imzolandi.
Anjuman BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Islom hamkorligi tashkilotining mustaqil doimiy komissiyasi, YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi mutaxassislari, Buyuk Britaniya, Germaniya siyosatshunoslari va huquqshunoslari, Indoneziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Rossiya va Tojikiston ombudsmanlarini yig‘di.
O‘zbekiston shu kungacha BMTning inson huquqlari bo‘yicha 10 ta asosiy xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilgan.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:20 / 20.05.2026