Jahon | 10:25 / 20.10.2016
9542
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Asad Klinton va Obamadan aqlliroqligini aytdi

© AP Photo

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampning hisoblashicha, Rossiya, Suriya va Eron Suriyadagi vaziyatda AQSh bilan yangi o‘yin boshlashdi.

"Ularda 3 hafta oldin tinchlik sulhi bor edi. Bu vaqtda Rossiya katta hududni nazorat qilib turgandi. Endi ular yanada kattaroq hududda tinchlik sulhi amalda bo‘lishini, ya'ni, yanada kattaroq hududga egalik qilishni istamoqda... Ular bizni qaytadan o‘yinga taklif etishdi. Agar u (Klinton) o‘sha yerda bo‘lganida hech narsani hal eta olmasdi. Putin, Asad va Eron bizni bu o‘yinda ortda qoldirishdi. Hech kim bizning rahbariyatimiz qanchalar nodonligiga ishonmayapti", degan Tramp AQSh prezidentligiga demokratlar nomzodi Hillari Klinton bilan telebahs chog‘ida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid