O‘zbekiston | 11:16 / 21.10.2016
10411
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

Foto: Washingtontimes.com

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon kelasi haftada O‘zbekistonga tashrif buyuradi. AQSh Davlat departamentining ma'lumotlariga ko‘ra, Shennon 2016 yil 24-29 oktabr kunlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga safar uyushtiradi. 

Xabarda, Tomas Shennon ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatlariga kelayotgani qayd etilgan. Diplomat Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligining 25 yilligini nishonlaydi hamda «S5+1» guruhi doirasida aloqalarni muhokama qiladi. 

Tomas Shennon 24 oktabrda Qozog‘istonga boradi. 26-27 oktabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘lib, shundan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 

U O‘zbekistonda Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lishi aytilmoqda. Shennon tashrifi chog‘ida, hukumat rasmiy vakillari, ishbilarmon doiralar va fuqarolik jamiyatlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bundan tashqari, tarixiy arxitektura yodgorliklari, xususan Registon ansambli bilan tanishadi. 

AQSh Davlat departamenti vakili Samarqandda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishni ham rejalashtirgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid