Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik sayyoh Tinch okeanini qamish qayiqda kechib o‘tmoqchi
Foto: Fox News
Amerikalik tadqiqotchi Janubiy Amerikadan Avstraliyagacha yo‘l bosib, qamish qayiqda Tinch okeanini kesib o‘tmoqchi. Bu haqida Fox News xabar berdi.
Ekspeditsiya maqsadi - aymara qabilasi hindulari qadimda xuddi shu yo‘nalishda harakatlangan bo‘lishlari mumkinligi hamda mintaqalararo migratsiya bo‘lganini isbotlash. Sayohatchi Fil Bak bir necha tonna qamishdan 18 metrli qayiq yasadi. Yo‘nalishni esa qadimgi dengizchilar kabi yulduzlar va suv oqimiga qarab aniqlashni rejalashtirmoqda. Ekipaj 10 kishidan iborat bo‘ladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 ming mil masofani kechib o‘tish uchun taxminan yarim yil vaqt ketadi.
Bu Bakning okeanni kechib o‘tish borasidagi ikkinchi urinishi. 2000 yilda u Chilidan Pasxa oroligacha suzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. O‘shanda qayiqqa ziyon yetgani uchun sayohatni to‘xtatishga to‘g‘ri kelgandi.
Mavzuga oid
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
10:45 / 07.02.2026
Pokistonga sayohatlar ko‘paydi: o‘zbekistonliklar oqimi keskin oshgan
10:47 / 17.01.2026