Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin hukumati Dutertening AQSh bilan aloqalariga oid bayonotini izohladi
Filippin respublikasi, prezident Rodrigo Dutertening Qo‘shma Shtatlar bilan xayrlashish vaqti kelgani xususida bergan bayonotiga qaramay, AQSh bilan savdo va iqtisodiy aloqalarga chek qo‘yish niyatida emas.
Bu haqda, Filippin savdo vaziri Ramon Lopes ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Iqtisodiy aloqalarga kelsak, biz AQSh bilan savdo va investitsiyalarni to‘xtatmaymiz», — degan Lopes, Filippin davlat rahbari so‘zlarini izohlar ekan.
Avval xabar berganimizdek, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xitoyga tashrifi chog‘ida uning mamlakati AQSh bilan «xayrlashadigan vaqt» kelganini qayd etgan edi.
Shundan so‘ng, AQSh Davlat departamenti Filippin prezidentining munosabatlarni uzish to‘g‘risidagi bayonoti nimani anglatishi yuzasidan izoh talab qilishini bildirgandi.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026