Jamiyat | 12:14 / 21.10.2016
5822
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq shimolida portlash sodir etildi, qurbonlar bor

Foto: © AP

Iroq shimolidagi Kirkuk viloyatida yuz bergan portlash oqibatida 16 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Al Arabia telekanali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki nafar hudkush terrorchi viloyatning shimoli-g‘arbidagi elektrostansiyada o‘zini portlatib yuborgan. Bundan avval, ular stansiyani egallab olishga uringan. 

Fox News telekanalining xabar qilishicha, Kirkuk shahrida shuningdek, politsiya mahkamasi binosiga hujum qilingan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов

Mavzuga oid