Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olland Brexit bo‘yicha «qattiq» muzokaralar bilan tahdid qildi
Fransiya prezidenti Fransua Olland Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni ogohlantirib, YeI Brexit bo‘yicha muzokaralarda jiddiy pozitsiyasini egallashini ta'kidlagan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qilmoqda.
Birlashgan qirollik bosh vaziri YeIdagi hamkorlarini mavhumlikda ushlab turgani ta'kidlanmoqda. Chunki, Britaniya rasman tashkilotdan chiqish jarayonini boshlagani yo‘q. Aslida, Tereza Mey buni 2017 yil mart oyi so‘nggidan avvalroq boshlashni rejalashtirmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgalikda ishlash Britaniya va YeI manfaatlariga mos keladi.
Fransua Olland esa, YeI birgina Britaniya uchun o‘z qadriyatlarini poymol qilishni istamasligini uqdirgan.
«Men buni jiddiy aytdim: agar Tereza Mey xonim «qattiq» Brexit bo‘lishini xohlayotgan bo‘lsa, muzokaralar ham «qattiq» bo‘ladi», — degan fransuz davlat rahbari.
Germaniya kansleri Angela Merkelning qayd etishicha, amalda Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi murakkab bo‘ladi va qimmatga tushadi.
Avvalroq, Yevropa kengashi raisi Donald Tusk, Brexit bo‘yicha «yengil» muzokaralarning imkoni yo‘qligini aytgan edi.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
19:55 / 29.05.2026