Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada dunyodagi eng qimmat chipslar ishlab chiqarildi
Shvetsiyaning pivo ishlab chiqaruvchi St. Erik’s Bryggeri kompaniyasi dunyodagi eng qimmat chipslar ishlab chiqardi. Bu chipsning 5 donasi 499 kron (56 dollar) turadi. Chipslar 5 ta donadan qilib original qutida sotilmoqda va o‘zgacha, betakror ta'mga ega. Bu haqda Profibeer xabar bermoqda.

Eksklyuziv gazak kartoshkaning eng qimmatbaho turidan Shvetsiyaning qarag‘ay o‘rmonlaridan olingan Matsutake qo‘ziqorini, Farer orollari suvlaridan olingan tryufel o‘tlari, qirol ukropi, Leksand piyozi va hind peyl-eli kabi masalliqlar qo‘shilgan holda tayyorlangan. Hammasi bo‘lib chipsdan 100 quti ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchining ma'lum qilishicha, chipslarni sotishdan tushgan mablag‘lar xayriya maqsadlariga sarflanadi.
Mavzuga oid
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
10:03 / 13.05.2026
Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
15:24 / 22.04.2026