Jahon | 23:31 / 23.10.2016
8006
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada mamlakat armiyasining 15 ta yuk mashinasi yonib ketdi

Foto: DPA

Germaniyaning Bremen shahrida 23 oktabrda ertalab mamlakat armiyasiga tegishli 15 ta yuk mashinasi yonib ketdi, deb ma'lum qilindi mahalliy politsiyada.  

Huquq-tartibot muassasalarida yong‘in ataylab uyushtirilgan bo‘lishi ehtimoli ham mavjud. 

"Biz barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tergov olib bormoqdamiz" deb aytdi Bremen politsiyasi vakili DPA axborot agentligiga.

Ta'kidlanishicha, davlat xavfsizligiga xavf soluvchi  qoidabuzarliklarni tergov qilish bo‘limi voqea sabablarini aniqlashtirmoqda.  

Mashinalar yonishi oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Qutqaruvchilarning ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida bir million dollarga yaqin moddiy zarar yetkazilgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid