Jahon | 21:25 / 24.10.2016
10266
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya qirg‘oqlari yaqinida ikkita rus harbiy kemasi aniqlandi

Foto: Foto: @GeneraalVerkerk

Niderlandiya harbiy-dengiz kuchlari ikkita rus korvetining Boltiq dengizi tomonga suzib ketganini qayd qildi. Bu haqda tvitterda Niderlandiya floti qo‘mondoni Rob Verkerk ma'lum qildi

U dengiz aviatsiyasining NH-90 vertolyotidan olingan korvetlar suratini chop etdi. Suratlarga ko‘ra, bu yaqinda Qora dengiz flotiga topshirilgan "Serpuxov" va "Zelenyy Dol" raketa kemalaridir. Taxmincha, kemalar Boltiq dengiziga ketayotgan bo‘lgan.

Bu kemalar 4 oktabrda Sevastopoldan chiqib, keyingi kuni Bosfor bo‘g‘ozi orqali Marmar dengiziga o‘tgan. 16-19 oktabrda kemalar Ispaniyaning Seut shahri yaqinida bo‘lib, so‘ngra Gibraltar bo‘g‘ozi orqali Atlantika okeaniga o‘tgan. 2016 yil avgustda bu korvetlar O‘rta Yer dengizida bo‘lgan, ular 19 avgustda qanotli raketalar bilan Suriyadagi jangarilar pozitsiyalariga zarbalar bergan.    

Bunday turdagi kemalar suv sig‘imdorligi 949 tonnani tashkil qiladi, ularning tezligi 25 uzelga yetadi va katta miqdorda zarba beruvchi qurol olib yuradi. 

 

Mavzuga oid