Sport | 08:40 / 24.10.2016
8480
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Madridda «Atletik»ni mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘ringa qaytdi

Ispaniya chempionatining 9-turida "Real" jamoasi uyda "Atletik"ni qabul qildi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Karim Benzema "Atletik" darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, - 1:0. Oradan 20 daqiqa o‘tib esa Sabin Merino "Real" darvozasini nishonga oldi va uchrashuvdagi hisobni tenglashtirdi, - 1:1. Tanaffusga jamoalar shunday hisob bilan chiqib ketishdi. 

Ikkinchi bo‘limda Zinedin Zidan g‘alaba qozonish uchun zaxiradan yangi kuchlarni maydonga chiqardi. 75-daqiqada Benzema o‘rniga maydonga tushgan Alvaro Morata bu safar ham "Real"ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi. Morata 83-daqiqada "Atletik" darvozasini ishg‘ol qildi va "Real"ning 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozonishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Shunday qilib, "Qirollik" klubi bu g‘alabadan keyin yana birinchi o‘ringa qaytdi.


Real Madrid – Atletik 2:1 (1:1)

Gollar: 1:0 – 7 Benzema, 1:1 – 27 Sabin Merino, 2:1 – 83 Morata.
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Varan, Kovachich, Kroos, Isko (Vaskes, 65), Beyl, Ronaldu, Benzema (Morata, 75).
Atletik – Iraysos, Echeyta, Saborit (Muniain, 87), Inigo Lekue, Laport, Raul Garsiya (Iturraspe, 76), Mikel Riko, Inyaki Uilyams, Eraso, Sabin Merino (Susayeta, 78), San Xose.
Ogohlantirishlar: Echeyta (31), Raul Garsiya (55), Morata (87), Laport (87), Karvaxal (90).

Manba: tribuna.uz

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid