Fan-texnika | 08:54 / 24.10.2016
7946
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya TIVga xakerlik hujumi uyushtirildi
AQSh Davlat departamenti Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti buzilish bilan bog‘liq yangilikni izohlashdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati vakili «Biz buni izohlamaymiz», — deya javob qaytargan shu xususda berilgan savolga.
CNN telekanali xabar qilishicha, o‘zini The Jester deb nomlagan amerikalik xaker, RF TIV rasmiy saytiga kiberhujum uyushtirgani va unda diplomatlarga murojaat qoldirgani haqida xabar qilgan edi. Keyinroq, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ushbu xabarni izohlagan edi. Uning Feysbukdagi sahifasida aytishicha, vazirlikning eski saytiga hujum uyushtirilgan.
Mavzuga oid
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
14:15
«PostRossiya davlatlari forumi» RFda terroristik deb tan olindi
09:59