Jahon | 09:42 / 24.10.2016
5021
1 daqiqa o‘qiladi

Times: "Qattiq" Brexit Yevropa ittifoqiga qimmatga tushadi

Foto: RIA

Buyuk Britaniyaning YeI tarkibida "qattiq" chiqishi Yevropa kompaniyalariga Britaniya kompaniyalarga qaraganda 8 mlrd funt sterling qimmatga tushadi. Times gazetasi Civitas fuqarolik jamiyati tadqiqotlari instituti ma'lumotlariga tayangan holda shu haqda yozmoqda

Rasmiy Londonning YeIdan "qattiq" chiqishi sababli Britaniya yagona Yevropa bozoridan mahrum bo‘ladi. Ammo, shu munosabat bilan Yevropa kompaniyalari yiliga qo‘shimcha 13 mlrd funt bojxona to‘lovlari to‘lashi kerak bo‘ladi. Britaniya kompaniyalarining Yevropada savdo qilishi uchun bojxona to‘lovi miqdori 5,2 milliard funt sterlingga oshadi. 

Institutning yozishicha, agar ushbu jarayon "keskin" ko‘rinishda amalga oshgudek bo‘lsa, bir yo‘nalishda savdo qiluvchi Britaniyaga eksport bojlari Britaniya kompaniyalari to‘laydigan miqdorga tenglashtiriladi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid