Jahon | 21:43 / 24.10.2016
7431
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik diplomatlar Germaniyada boshpana so‘rashgani ma'lum qilindi

Foto: dar-alnuqta.com

Germaniya hukumati Turkiyada muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Turkiya diplomatik pasportiga ega bo‘lgan 35 kishi Germaniyada boshpana so‘raganini ma'lum qildi. Bu haqda 24 oktabrda Germaniya ichki ishlar vazirligi vakili Yoxannes Dimrot aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Boshpana so‘raganlar orasiga nafaqat diplomatlar, balki ularning oilalari a'zolari ham kiradi. Turkiya hukumati bu diplomatlarni ekstraditsiya qilish iltimosi bilan nemis hukumatiga murojaat qilgani haqida ma'lumot berilmagan. 

Associated Press axborot agentligining ta'kidlashicha, Anqara diplomatlarni AQShda yashovchi turk muxolifi Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilayotgan bo‘lishi mumkin. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid