Jahon | 00:35 / 25.10.2016
4858
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Total zavodida portlash yuz berdi

Foto: © AFP

Fransiyada neftni qayta ishlovchi Total kompaniyasining zavodida portlash yuz berdi. Oqibatda 5 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Normandie Actu portali.

Voqea Gonfrevil-l'Orshe kommunasida yuz bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlashga ochiq gaz quvurida ish olib borilayotganda gazning sizib chiqishi sabab bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid