Sport | 14:32 / 25.10.2016
5201
2 daqiqa o‘qiladi

Tabloidlar Mourino Runini jamoadan ketkazmoqchi ekani haqida xabar topdi

Foto: AR

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Ueyn Runiga o‘ziga yangi jamoa topishni maslahat bergan. Bu haqda The Sun tabloidi xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, portugaliyalik murabbiy futbolchi bilan suhbat o‘tkazgan va unga asosiy tarkibdan joy hamda doimiy o‘yin amaliyotini kafolatlamasligini ta'kidlagan. 

Runi APLning 9-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin qaydnomasiga kiritilmagandi. Ueynning mazkur o‘yinda ishtirok etmaganiga rasmiy sabab sifatida uning jarohat olgani aytildi. 

Runi ushbu mavsumda barcha turnirlar doirasida 8ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.

2004 yilda mankunianliklar safiga  «Everton»dan kelib qo‘shilgan futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan. Portugaliyalik murabbiy 2016 yilning 27 mayida «Manchester Yunayted» boshqaruvini qabul qilib olgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid