Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi MDH hukumat rahbarlari uchrashuvida qatnashadi
26−28 oktabr kunlari O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilgan.
O‘zbekiston-Belarus kelishuvlariga binoan delegatsiya turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda 28 oktabr kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
MDH Ijro qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, majlisda Hamdo‘stlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga taalluqli 20 dan ziyod hujjat loyihasini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
13:33 / 12.03.2026