Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikaning yana bir davlati Xalqaro jinoyat sudini tark etadi
Afrikaning yana bir mamlakati Gambiya axborot vaziri Sharif Bodjang, uning hukumati Xalqaro jinoyat sudi bilan hamkorlikni to‘xtatishi haqida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Biz qarorimizni quyidagicha izohlaymiz: XJS Xalqaro jinoyat mahkamasi bo‘lish o‘rniga, rangli insonlar, ayniqsa afrikaliklarni tahqirlayotgan Xalqaro Yevropa sudiga aylangan», — degan Gambiya vaziri.
Ta'kidlanishicha, Gambiya hukumatining qarori harbiy jinoyatlarga doir ishlar bilan shug‘ullanuvchi Xalqaro jinoyat sudiga bosimni kuchaytiradi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, XJS Afrika qit'asida yangi mustamlakachilik siyosatini yuritishda ayblab kelinayotgan edi. Sud tomonidan ko‘rilayotgan o‘nta ishning to‘qqiztasi Afrikadagi jinoyatlar bilan bog‘liq.
Avvalro, JAR hukumati ham mazkur xalqaro sud mahkamasidan chiqishini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:17 / 25.05.2026