Jahon | 00:13 / 26.10.2016
10355
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva Iroq va Liviyaning harbiy yordam haqidagi iltimosini ko‘rib chiqadi

Foto: TASS

Moskva Iroq va Liviyadan harbiy yordam haqidagi iltimos tushsa, uni ko‘rib chiqadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

Bogdanovning aytishicha, hozircha bu davlatlar bu haqda iltimos yubormagan.

"Bizdan boshqa davlatlardagi iroqlik va liviyaliklar "bizning hududimizda terrorchilarga qarshi kurashga qo‘shilasizmi?" deb so‘rashmoqda. Biz ularga "sizlardan rasmiy murojaat kelmadi" deb aytmoqdamiz. Agar bunday murojaatlar kelsa, bizning rahbariyat ularni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqadi", deb aytdi Bogdanov.

Hozirda Iroqda terrorchilarga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiya kurashmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid