Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Men o‘zimni ruslarning do‘sti ham, dushmani ham deb hisoblamayman
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘zini Rossiyaning do‘sti ham, dushmani ham deb hisoblamaslikka va Moskva bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Donald Tramp bu haqda Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Men Rossiya bilan yaxshi munosabatlarga umid qilaman. Men Putin bilan yaxshi munosabatlarga umid qilaman. Men o‘zimni ruslarning do‘sti ham, dushmani ham deb hisoblamayman. Mening Rossiyaga hech qanday aloqam yo‘q", deb aytgan Tramp.
Trampning aytishicha, uning raqibi Xillari Klinton, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga barchani qarshi qilishiga qaramasdan, saylovda g‘alaba qozonsa, Moskva bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.
"U (Klinton) Putinni doim yomon qilib ko‘rsatadi. Agar u g‘olib bo‘lsa, u yomonotliq qilmoqchi bo‘lgan odami bilan muzokaralarni qanday boshlamoqchi?", deb aytib o‘tdi Tramp.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026