Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada prezident atrofidagi mojarolar avjiga chiqmoqda
Janubiy Koreya prokuraturasi notijorat fondlarda tintuv ishlarini o‘tkazdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu mamlakat prezidentining yaqin dugonasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ryonxap agentligi shu haqida xabar berdi.
Tintuv jami to‘qqiz tuzilmaga doir bo‘lgan, Mir Foundation va K-Sports fondi shular jumlasidandir. Kompaniyalar ba'zi biznes-korporatsiyalardan Koreya sanoatchilar federatsiyasi ko‘magida 70 million dollar yig‘ib olganlikda gumon qilinmoqda.
Manbaga ko‘ra, bu pullar maxfiy ravishda Janubiy Koreya hozirgi ma'muriyatining "sahna ortidagi brokeri" hisoblangan Tsoy Sun Silga jo‘natilgan. Shuningdek prokuratura uning uyida va Federatsiyadagi shtab-kvartirasida ham reyd o‘tkazmoqda.
Seul prokurorlari mamlakat rahbari Pak Kin Xe omma oldida prezident chiqishlaridagi matnlarning rasman o‘qilishidan oldin tarqalib ketgani uchun uzr so‘ragan kunning ertasiga tekshiruv ishlarini yo‘lga qo‘yishdi.
Bu haqidagi ilk xabarlar JTBC kabel telekanalida paydo bo‘lgan, telekanal efirda Tsoy Sun Silning davlat ishlaridagi ishtiroki borasidagi taxminlari bilan bo‘lishgandi. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra esa, ayol hattoki maxfiy hisoblangan prezident nutqlarini to‘g‘rilagan.
Manbaga ko‘ra, Tsoy Sun Sil mamlakat prezidenti ustozining qizi hamda sobiq davlat kotibning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. U Janubiy Koreya hukumatida rasman hech bir lavozimni egallamagan.
Pak Kin Xening so‘zlariga ko‘ra, Tsoy Sun Sil vaqti-vaqti bilan unga yordam berib kelgan.
"Koreya Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakatni bir prezident boshqaradi. Biroq ma'lum bo‘lishicha, davlatni ikki prezident boshqarib kelgan", - dedi muxolifat Demokratik partiya rahbari Chxu Mi E. Uning ta'kidlashicha, Tsoy Sun Sil "Chxonvade" prezidentlik qarorgohidan kundalik ma'ruzalarni qabul qilgan va ko‘rsatmalar bergan.
Janubiy Koreya prezidenti atrofidagi mojaro avjiga chiqmoqda va hattoki hukmron "Senuridan" partiyasining ba'zi vakillari prezidentdan partiya a'zoligidan voz kechishni talab qilishgan bo‘lsa, muxolifat hukumat iste'fosini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026