Qozog‘iston Qirg‘izistonga o‘q-dori va qurol-aslaha taqdim qildi
26 oktabrda harbiy-texnik yordam berish doirasida Qozog‘istondan armiya karvoni Qirg‘iziston qurolli kuchlari uchun o‘q-dori va qurol-aslaha yetkazdi. Bu haqda "Kazinform" axborot agentligi ma'lum qildi.
"Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida beg‘araz harbiy-texnik ko‘mak ko‘rsatish haqidagi kelishuv Ostonada 2015 yil 24 iyunda Qirg‘iziston qurolli kuchlarini kuchaytirish maqsadida imzolangan", deb ma'lum qildi Qozog‘iston mudofaa vazirligi vakili podpolkovnik Murat Kanabekov.
Hujjatga ko‘ra, Qozog‘iston Qirg‘izistonga o‘qotar qurolga 5 mln dona patron, tutun granatalari va shashkalar hamda S-75M3 zenit-raketa majmuasiga ehtiyot qismlar taqdim qilgan.
"Qozog‘iston tomoniga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu yordam o‘q-dorilar to‘liqmasligini to‘ldiradi va Qirg‘iziston qurolli kuchlariga harbiy xavflarni qaytarish va Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligini mustahkamlashiga imkon beradi", deb ta'kidlab o‘tdi Qirg‘iziston mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasining raketa-artilleriya qurol-aslahasi bo‘limi boshlig‘i Medetbek Sultanbekov.
1999 yilda Qozog‘iston Qirg‘izistonga bostirib kirgan jangarilar to‘dalarini yo‘q qilish uchun Qirg‘izistonga harbiy texnika, aloqa vositalari hamda artilleriya va aviatsiya bo‘limlariga o‘q-dorilar jo‘natgan. Qozog‘iston, shuningdek, 2011 yilda ham Qirg‘izistonga zirhli texnika va o‘qotar qurol taqdim qilgan.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024