Jahon | 18:02 / 27.10.2016
4955
2 daqiqa o‘qiladi

NATO O‘rta yer dengiziga kemalari va aviatsiyasini yuboradi

Foto: AFP

NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari YeIning O‘rta yer dengizidagi "Sofiya" nomli muhojirlik dasturini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Shu munosabat bilan, alyansning kema va samolyotlari ikki hafta ichida shu mintaqaga yetib keladi, deb bayonot bergan tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg.

"O‘rta yer dengizidagi vaziyat o‘ta jiddiyligicha qolmoqda. Biz, odamlarni noqonuniy tashilishiga, ko‘plab odamlarning fojiali o‘limiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Kecha kechqurun NATO bo‘yicha ittifoqchilar, alyansning "Dengiz qo‘riqchisi" (Sea Guardian) nomli amaliyoti YeIning "Sofiya" amaliyotini qo‘llashi borasida yakdil fikr bildirishdi", — degan Stoltenberg jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "ikki hafta ichida NATO kemalari va samolyotlari O‘rta yer dengizining markaziy hududlariga yetib keladi va YeIning "Sofiya" amaliyotiga yordam berish, vaziyatni tushunish va logistika jihatidan qo‘llab-quvvatlashga shay bo‘ladi", deb xabar qilmoqda RIA "Novosti" agentligi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid