Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya sayyohlar kamaygani sababli 15 mlrd dollar yo‘qotdi
Turkiya ikki yil ichida sayyohlar sonining keskin kamayishi sababli 15 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Turizmdatabank o‘tkazgan tadqiqotga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Turkiya bu ikki yil ichida 9 mln dan 9,5 mln gacha xorijiy sayyohlar yo‘qotdi. Bundan yo‘qotilgan daromad 10 mlrd dollargachani tashkil qildi.
Bundan tashqari, sayyohlar sarf-xarajatlari miqdori ham kamaygan. Ularning sarf-xarajatlari 15-25 foizga kamaygan va 700-800 dollarni tashkil qiladi. Bu esa 5 mlrd dollar yo‘qotishga olib kelgan.
Tadqiqotga ko‘ra, sayyohlik oqimi rossiyaliklar hisobiga 30 foizga kamaygan, ular soni 83 foizga kamroq bo‘lgan, ya'ni 3,3 mln kishidan 544 ming kishigacha kamayib ketgan.
Sentyabr oxirida Turkiya rossiyalik sayyohlar o‘rtasida mashhurlik bo‘yicha yana yetakchi o‘ringa chiqib olgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:13 / 19.06.2026