Jahon | 19:44 / 28.10.2016
3757
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya hukumati Assanjga hibsga olish orderini to‘xtatishni rad etdi

Foto: RIA

Shvetsiya prokuraturasi WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjga uning hibsga olinishi orderi amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatish iltimosiga rad javobini berdi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi. 

"Julian Assanj dafn marosimida ishtirok etish uchun Shvetsiya prokuraturasiga hibsga olish orderi va Yevropa orderini to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qildi", deb aytildi prokuraturada. 

Prokuror rad javobini Shvetsiya qonunchiligi sudning hibsga olish Yevropa orderini berish qarorini bekor qilish yoki to‘xtatish imkonini bermasligi bilan asosladi.

Shvetsiya hukumati Assanj kimning dafn marosimida ishtirok etishi va dafn qayerda o‘tishini aniqlashtirmagan.

Assanj hozirda Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid