Sport | 21:24 / 29.10.2016
8334
1 daqiqa o‘qiladi

"Real" mehmonda "Alaves"ni yirik hisobda mag‘lub qildi, Ronaldudan xet-trik

Foto: RealMadrid.com

"Real" Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida "Alaves" mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda madridliklar raqibidan kuchli ekanini ko‘rsatishdi hamda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Oxirgi vaqtlarda gol ura olmayotgani sababli tanqid qilinayotgan Krishtianu Ronaldu bu o‘yinda uch bor to‘p kiritdi. E'tiborlisi, Ronaldu 79-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Yana bir golni esa Alvaro Morata kiritishga erishdi. Shunday qilib, "Real" turnir jadvalidagi yetakchilikni saqlab qoldi. 

"Alaves" – "Real Madrid" – 1:4
Gollar:
 Deyverson Brum, 7 (1:0); Ronaldu, 17 (1:1, pen); Ronaldu, 33 (1:2); Morata, 84 (1:3); Ronaldu, 88 (1:4).
Noaniq penalti: Ronaldu, 79.
Ogohlantirishlar: Deyverson Brum, 16; Torres, 39; Bernar Fransua, 52; Femeniya, 80; Krstichich, 86 – Beyl, 60.

Mavzuga oid