Jahon | 12:33 / 30.10.2016
8313
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Reuters

Markaziy Italiyada 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Rimdan shimoli-sharq tomonga 132 kilometrda bo‘lgan. Bu haqida Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, zilzila markazi Rimdan shimoli-sharq tomonga 132 kilometrda va 26 oktabrda yer osti silkinishlaridan jabr ko‘rgan Peruja shahridan sharqqa tomon 67 kilometrda bo‘lganligi qayd etilgan. 

Bundan avval Italiyada 24 avgustga o‘tar kechasi 6,0 magnitudali zilzila yuz berganligi haqida xabar berilgandi. Mamlakatning Latsio, Marke va Umbriya viloyatlarida vayronagarchiliklar qayd etilgan. Zilzila Rim, Florentsiya va Bolonya shaharlarida ham sezilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 298 nafar kishi halok bo‘lgan, bir necha yuzlab kishilar jarohat olishgan, 3 mingdan ko‘proq kishi boshpanasiz qolib ketgan.  

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid