Jahon | 11:44 / 30.10.2016
4178
1 daqiqa o‘qiladi

Moldovada prezidentlik saylovlari boshlandi 

Foto: 1news.md

30 oktabrda Moldovada prezidentlik saylovlari boshlandi. Shu kuni oxirgi 20 yil ichida davlat rahbarini birinchi marta xalq tanlaydi, bungacha prezidentni parlament saylab kelayotgan edi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.  

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07:00da ochildi va 21:00gacha ishlaydi. Bu vaqt ichida Moldovaning 3,1 mln fuqarosi ovoz bera olishi mumkin bo‘ladi. Saylov agar saylov uchastkalariga ovoz beruvchilarning uchdan biri kelsagina bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi.

Saylovda 9 nomzod ishtirok etmoqda. Biroq so‘rovnomalarga ko‘ra ulardan ikki nafari: Rossiya bilan yaqinlashishni qo‘llab-quvvatlayotgan Moldova sotsialistlar partiyasi yetakchisi Igor Dodon va Yevropaga ro‘yxushlik qiluvchi muxolifatdan yagona nomzod, Harakat va birdamlik partiyasi yetakchisi Mayya Sanda saylov favoritlari hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid