Jamiyat | 17:35 / 31.10.2016
5294
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Freddi Kryuger libosidagi jinoyatchi besh kishini jarohatladi

Foto: © Flickr

Amerikaning San-Antonio shahrida Freddi Kryuger libosini kiyib olgan erkak kishi Xellouin munosabati bilan o‘tkazilgan kechada o‘t ochib, besh kishini jarohatladi. Bu haqda KENS 5 xabar qilmoqda.

Politsiya mahkamasi xabariga ko‘ra, 30 oktabr yakshanba kuni Xellouin bayrami tantanasida bir necha erkak paydo bo‘lgan. Ularning biri Freddi Kryuger libosida bo‘lgan. Kutilmaganda, jinoyatchi pistoletni olib, odamlarga qarata o‘q uzishni boshlagan. Besh kishi tan jarohati olgan. Ular shifoxonaga yetkazilgan. 

Politsiyaning ma'lum qilishicha, yaralanganlardan biri mustaqil ravishda shifoxonaga bormoqchi bo‘lgan, biroq, yo‘lda YTHga uchragan. Politsiya gumonlanuvchilarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda. 

Avvalroq, Xellouin bayrami tufayli yuz bergan boshqa bir otishmada 2 kishi hayotdan ko‘z yumgani to‘g‘risida ham xabarlar paydo bo‘lgan edi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid