Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin AQSh bilan plutoniy bo‘yicha kelishuvning to‘xtatilishi haqidagi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tomonidan AQSh bilan ortiqcha qurol plutoniysini utillashtirish bo‘yicha kelishuvning to‘xtatilishi haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qonun matniga ko‘ra, kelishuvning amal qilishini Rossiya prezidenti qayta boshlashi mumkin. Putin bunga AQSh NATOga a'zo davlatlar hududlarida harbiy infratuzilmasi va qo‘shinlari sonini qisqartirishi sharti bilan rozi bo‘lishi mumkin.
Shuningdek shartlardan biri sifatida AQShning Rossiyaga nisbatan nodo‘stona siyosatidan voz kechishi, jumladan Sergey Magnitskiy qonuni va Ukrainadagi erkinlikni qo‘llab-quvvatlash qonunidagi Rossiyaga qarshi qaratilgan bandlar, barcha sanksiyalarning bekor qilinishi bor.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning aytishicha, kelishuvning to‘xtatilishi Rossiyaning yadroviy qurolsizlanish sohasidagi ko‘p tomonlama majburiyatlariga ta'sir qilmaydi.
Kelishuv plutoniyni yadroviy zaryadlarni yaratishga yaroqsiz holga keltirishni ko‘zda tutgan. Har bir tomondan bir necha mingta yadroviy zaryadni ishlab chiqarishga yetadigan 34 tonna qurol plutoniysi utillashtirilishi rejalashtirilgandi.
Rossiya kelishuvni bajarish uchun barcha zaruriy infratuzilmani yaratgan, biroq AQSh buni qilmagan. Vashington o‘z plutoniysini yaroqsiz holga keltirishni istamay, ularni boshqa moddalar bilan aralashtirib, radioaktiv chiqindilar omborida saqlashni rejalashtirgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026