Jahon | 08:27 / 31.10.2016
3536
1 daqiqa o‘qiladi

YUNISEF: 300 mln bola o‘ta ifloslangan havodan nafas oladi

Foto: Livejournal

Dunyodagi deyarli har yettinchi bola havosi juda ifloslangan hududda yashaydi, deb aytildi YUNISEF’ning Clear Air for Children (Bolalar uchun toza havo) ma'ruzasida. Bu haqda Russia Today xabar bermoqda.   

"Havoning ifloslanishi har yili 5 yoshdan kichik 600 ming bolaning o‘limiga olib keluvchi omil hisoblanadi va borgan sari millionlab odamlarning hayoti va kelajagiga xavf solmoqda", deb keltirildi hisobotda YUNISEF ijrochi direktori Entoni Leykning so‘zlari.

Ma'ruzani tuzishda muammoning ko‘lamini ko‘rsatish maqsadida sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlardan foydalanildi.

YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, havo ifloslanishi darajasi havo sifatining minimal standartlariga mos kelmaydigan hududlarda deyarli 2 mlrd bola yashaydi. Iflos havodan eng ko‘p Janubiy Osiyo (620 mln bola) va Afrika davlatlari (520 mln bola) bolalari aziyat chekadi. 
 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid