Texnologiya | 16:10 / 01.11.2016
5588
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada tirik organizmlarni yeyish hisobiga energiya oluvchi robot yaratildi

Foto: Bristol robotlar labaratoriyasi

Bristol universiteti olimlari Robot texnikalari labaratoriyasi hamda Kembrij universitetidagi hamkasblari bilan hamkorlikda suv o‘lchagich namunasidagi yumshoq robotni yaratishdi. Robotning o‘ziga xosligi shundaki, u tirik organizmlarni iste'mol qilish evaziga o‘ziga kerakli energiyani oladi. Bu haqida  "New scientist" nashrida ma'lum qilindi. 

Robotning ovqat hazm qilish tizimi yumshoq polimer membranadan tayyorlangan og‘iz bo‘shlig‘iga o‘xshagan materialdan iborat. Oshqozon rolini bakteriyalar bilan   mikrobli yonilg‘i elementi (MFC) bajaradi. Ular biomassani qayta ishlashadi va buning natijasida MFC robot uchun kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi.  Qayta ishlangan material robotning orqa qismida joylashgan teshik orqali chiqariladi. 

Tadqiqotlarning ushbu bosqichida biomassani yutish natijasida olingan energiya robotga yetarli emas, biroq mutaxassislar bu borada o‘z izlanishlarini davom ettirishmoqda. Jamoa og‘iz va ichak uchun yumshoq materiallarni qo‘llash hisobiga energiyaning ortiqcha sarflanishini qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, MFC'dagi bakteriyalar sonini ko‘paytirib, mahsulotning samaradorligini oshirdi. 

Foto: Getty Images

Robotning afzalliklaridan biri uni zaryadlash, batareyalarni almashtirishga hojat yo‘qligidadir, ya'ni u inson aralashuvini talab qilmaydi. Bu robotni real sharoitlarda - ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan suv havzalarida ishlashiga mos ekanligini ko‘rsatadi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid