Londonda Italiya shahzodasi yuk mashinasi g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ldi
Italiyaning qadimiy zodagonlar oilasiga mansub shahzoda Filippo Korsini Londonda yuk mashinasi g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ldi. Yuk mashinasi shaharning aholi gavjum ko‘chalaridan birida velosipedda ketayotgan shahzodani 30 metrcha masofaga sudrab ketgan.
Olgan jarohatlari sabab 21 yashar Filippo Korsini halokat joyida halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Evening Standard.
Rim papasi Kliment XII avlodiga mansub yigit Londonning Naytsbrij tumanida joylashgan universitetda tahsil olar edi.
Filippo Korsinining oilasi yog‘ va vino mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
London ko‘chalarida velosipedchilarning halok bo‘lishi jiddiy muammo sanaladi. Shahar meri Sodiq Xon London ko‘chalari xavfsizroq bo‘lishi uchun shaharga yuk mashinalarining kirishini cheklab qo‘ymoqchi. U yuk mashinalari kabinasidan boshqa avtomobillar, velosipedchilar va piyodalar ko‘rinishi darajasini 0 dan 5 gacha baholash tizimini kiritishni taklif qilmoqda. 2024 yilga kelib Londonga 3 balldan kam ko‘rinish darajasiga ega bo‘lgan yuk mashinalarining kirishini taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, shahzoda bilan sodir bo‘lgan voqea Londonda 2016 yilda velosipedchi halok bo‘lgan 8-YTH bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:43 / 13.11.2024
Londonda O‘zbekiston dunyodagi eng yaxshi yangi sayyohlik yo‘nalishi sifatida tan olindi
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
12:50 / 05.11.2024