Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi “ahmadboy”lar ko‘paymasligi uchun naqd pul muammosini hal etish kerak
Respublikada chop etiladigan mustaqil “Hurriyat” gazetasida O‘zbekistondagi naqd pul va plastik kartochka orqali to‘lov amalga oshirish muammosiga e'tibor qaratilgan. Nashrning yozishicha, ushbu dolzarb muammo aksar hududlar, xususan, chekka tumanlarda tez-tez uchramoqda. “Hurriyat” nashriga ko‘ra, bu masalalarga o‘z vaqtida yechim topish kerak.
“Aks holda, bunday muammolar to‘planib-to‘planib, yana bir qancha Ahmadboylarni maydonga chiqaradi. Avval boshida hech kimni “norizo” qilmagan bu odam, ko‘pchilikning katta-katta mablag‘i hisobiga puldan xirmon uygani naqd pul muammosining chuqurlashuviga hissa bo‘lib qo‘shilmadimi?! Hozir ham o‘nlab plastik kartochkalarni yig‘ishtirib olib, yigirma foiz ushlab qolish evaziga naqdlashtirib berayotgan ustomon foizxo‘rlar hamma bozorlarda topiladi”, – deyiladi gazetada e'lon qilingan maqolada.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026