Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook ijtimoiy tarmog‘i Gameroom o‘yin platformasini ishga tushirdi
Foto:techcrunch.com
Facebook ijtimoiy tarmog‘i Gameroom o‘yin platformasini ishga tushirdi, deb xabar bermoqda TechCrunch.
Nashrning ta'kidlashicha, Facebook mobil o‘yinlar segmentida iOS va Android operatsion tizimlariga imkoniyatni boy berdi va endi e'tiborini kompyuterlarga mo‘ljallangan o‘yinlarga qaratdi. Gameroom Windows 7 va undan yuqori operatsion tizimlar uchun ko‘chirib olinishi mumkin.
Yangi platforma foydalanuvchilarga veb-o‘yinlar va mobil o‘yinlar hamda Gameroom tomondan ishlab chiqarilgan o‘yinlarni o‘ynashga imkon beradi. Buning uchun kompyuterlarga Facebook yangiliklar tasmasidan "chalg‘itmaydigan" alohida dastur yaratildi.
Ijtimoiy tarmoqqa bu sohada 125 mln faol foydalanuvchisi bo‘lgan Steam kompaniyasining Valve platformasi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025