Jahon | 00:13 / 02.11.2016
6871
2 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya o‘z va'dasining ustidan chiqmagan Yevropa Ittifoqini tanqid qildi

Foto: © AP

Gretsiya muhojirlarga yordam ko‘rsatish masalasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishning uddasidan chiqmagan Yevropa Ittifoqini qoraladi. 

"Yevropadan jahlimiz chiqmoqda, chunki u oxir-oqibat YeI va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvni amalga oshirishda muhojirlarni yetkazish va ularga yordam ko‘rsatish masalasi nuqtai nazaridan o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak", - dedi migratsiya vaziri Yannis Mouzalas Ert1 telekanalida. 

U 111 nafar suriyalik qochqindan iborat guruhning muhojirlarni YeI mamlakatlariga qayta taqsimlash dasturi doirasida Gretsiyani tark etib, Finlyandiyaga yo‘l olganiga izoh berdi. 

"Bugun, ushbu dastur yo‘lga qo‘yilganidan bir yil o‘tib, Afinaning YeIdagi hamkorlari qochqinlarning atigi 5000 nafari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, 2017 yilning oxiriga qadar yana shuncha qochqin masalasi ko‘riladi, holbuki Yevroittifoq birinchi yil mobaynida Gretsiyadagi 33 000 nafar qochqinni olib ketishga va'da bergan", - dedi u. 

Mouzalas YeI va Turkiya o‘rtasidagi bitimni amalga oshirishda Yevropaning qo‘llab-quvvatlamayotganligidan norozi bo‘ldi. Unga ko‘ra, 20 martdan keyin grek orollariga kelgan muhojirlar, shu jumladan suriyalik qochqinlar Turkiyaga qaytarilishi kerak bo‘lgan. 

"Yevroittifoq bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu Gretsiyaga hamdardlik bildirish masalasi emas. Bu majburiyat!", - dedi u. 

Kelishuv shartlariga ko‘ra, YeI ekspertlarga muhojirlarning boshpana bilan ta'minlash qoidalariga muvofiq qaytarilishini tashkillashtirishda Gretsiyaga yordam berishga va'da bergandi. "Biroq bunday yordamdan darak yo‘q", - dedi u. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid