Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uchrashuvni O‘zLiDePning Namangan viloyati kengashi raisi S.Mo‘minov ochdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur'atlarini ta'minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatimizdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, aholi bandligini ta'minlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, xususiy mulk va tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, hududlarni kompleks va izchil rivojlantirish, xalqimiz hayot sifati va farovonligini yuksaltirish kabi muhim masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.
Uchrashuvda videokonferensiya orqali Namangan shahri va barcha tuman markazlarida yig‘ilgan saylovchilar ishtirok etdi.
Mehnat faxriysi Sh.Nuriddinov, «Afro‘z Kamol Nabi» mas'uliyati cheklangan jamiyatining tijorat ishlari bo‘yicha direktori S.No‘'monov, «Istiqlol tekstil dizayn» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori B.Umarov, Namangan viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi M.Istamqulova, «Imron tekstil grup» xususiy korxonasi rahbari I.Qutfiddinov, mehnat faxriysi I.Bo‘stonov, Pop tumanidagi 29-maktab o‘qituvchisi Z.Haydarova, Chust tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Bozorova, Kosonsoy tumanidagi «Qo‘qimboy» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi S.Qosimova va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishini ta'kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4 dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024