Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul hokimi: Pak Kin Xe zudlik bilan iste'foga chiqishi kerak
Koreya poytaxti Seul shahri meri Pak Von Sun Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xeni iste'foga chiqishga chaqirdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqotida ma'lum qilgan.
"Pak Kin Xe zudlik bilan iste'foga chiqishi kerak. Prezident obro‘si va xalq ishonchini yo‘qotdi", - degan 10 mln kishi istiqomat qiluvchi shahar rahbari. U shuningdek, vazirlar mahkamasi va prezident ma'muriyatida o‘tkazilgan oxirgi islohotlarni ham tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar siyosiy keskinlikni kamaytirish o‘rniga, jamoatchilikning hukumatdan noroziligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Seul meri mamlakat siyosiy tizimida islohot o‘tkazish zarurligini qayd etgan. "Prezidentning iste'fosi, garchi Pak Kin Xe inqirozning asosiy sababchisi bo‘lsa-da, dolzarb muammolarni hal etmaydi", - deb ta'kidlagan Pak Von Sun. U 2017 yili mamlakatda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida davlat rahbarligi uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026