Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Pokistondan diplomatlarini chaqirib oladi
Hindiston xavfsizlik chorasi sifatida Islomoboddagi diplomatik missiyasining 8 nafar xodimini chaqirib oladi, deb xabar qilmoqda NDTV telekanali mamlakat TIVdagi manbaga tayangan holda.
Rasmiy Dehli ma'muriyati diplomatlarning ismi-shariflari Pokiston OAVlaridagi "josuslik" bilan bog‘liq xabarlarda e'lon qilingani sabab shunday qaror qabul qilgan.
Pokiston OAVga ko‘ra, rasmiy Islomobod mamlakatdan ikki nafar hind diplomati — Balbir Singx va Rajyesh Kumar Agnixortini chiqarib yubormoqchi. Pokiston hukumati ularni Hindiston maxsus xizmatlariga aloqadorlikda gumon qilgan.
Bir kun avval, Pokiston hukumati ham Hindistondan xavfsizlik choralari sifatida to‘rt nafardan olti nafargacha diplomatik xodimini chaqirib olgani xabar qilingan edi. Bunga ham Hindiston OAVda to‘rt nafar pokistonlik diplomatlarning ismi-sharifi chop etilgani sabab bo‘lgan.
2016 yil 27 oktabrida ushbu ikki mamlakat o‘rtasida "josuslik" mojarosi yuzaga keldi. O‘shanda, Hindiston rahbariyati Pokistonning Dehlidagi diplomati Mahmud Axtarni ayg‘oqchilikda gumon qilib, “persona non-grata” deya e'lon qildi. Oradan bir necha soat o‘tgach, Pokiston hukumati ham javob chorasi ko‘rib, hind diplomati Surjit Singxni ayni ayblov bilan mamlakatdan chiqarib yuborishini bildirdi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026