Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada Ekvatorial Gvineya prezidenti o‘g‘lining 11 ta mashinasi musodara qilindi
Jyeneva ma'muriyati Ekvatorial Gvineya prezidentining korrupsiyada gumon bilan tergov ostida bo‘lgan o‘g‘lining 11 ta qimmatbaho mashinasini musodara qildi, deb xabar bermoqda Jyeneva prokuraturasi matbuot kotibi Vinsent Deruanga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Deruanning aytishicha, Ekvatorial Gvineya prezidentining o‘g‘li Teodorin Obiangga qarshi pul yuvish gumoni bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Jinoiy ishga ko‘ra, prokuratura orderi bilan Jyeneva aeroportining yuk bo‘limida Obiangga tegishli 11 ta avtomobil musodara qilingan.
Prokuratura matbuot xizmatida "tergov davom etayotgani"ga ishora qilinib, bu avtomobillar qanday rusumdagi avtomobillar bo‘lgani va ular bilan endi nima bo‘lishi haqida tushuntirishlar berishdan bosh tortildi.
Avvalroq Teodorin Obiang Fransiya sudi oldida pul yuvish ayblovi bo‘yicha javob berishi kerakligi ma'lum qilingandi. U o‘z otasi Teodoro Obiang ma'muriyatida vitse-prezident lavozimini egallagan. Afrikalik siyosatchi unga Parijda hashamatli ko‘chmas mulk sotib olishga va noyob sport mashinalari parkiga ega bo‘lishga imkon bergan moliyaviy suiiste'molliklarda ayblanmoqda.
Teodorin Obiang diplomatik daxlsizligi tufayli taqib qilinmasligi kerakligini ta'kidlashiga qaramasdan, kassatsion sud ayblovlar uning rasmiy lavozimi bo‘yicha emas, balki Fransiyadagi turmush tarzigagina taalluqligi haqida hukm chiqargan.
Mavzuga oid
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:27 / 19.02.2026
Rossiya va Kiyev delegatsiyalari Jyenevadan uchib ketishdan oldin yana bir bor uchrashdi
08:29 / 19.02.2026