Jahon | 12:15 / 04.11.2016
19302
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj: Klinton IShIDning kim tomonidan moliyalashtirilishini yaxshi biladi

Foto: © AP

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton o‘z yozishmalarida IShIDning Qatar va Saudiya Arabistoni hukumatlari tomonidan moliyalashtirilishini bilishini tan olgan. Bu haqida WikiLeaks asoschisi Julian Assanj RT telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

"2014 yilning boshida, Klinton davlat kotibi lavozimini tark etganidan so‘ng o‘z saylov shtabi raisi Jon Podestaga yozgan elektron maktubi bor. Ushbu xatda IShID Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari tomonidan moliyalashtirilishi haqida so‘z yuritiladi. Mening fikrimcha, bu barcha yozishmalar orasidagi eng muhim xatdir", - dedi u. 

Assanj xatda muayyan bir shaxslar, shayxlar emas, aynan ikki davlat hukumati IShIDni moliyalashtirayotgani haqida yozilganligiga urg‘u berdi. Shu bilan birga, u jahon tarixida qurol sotish bo‘yicha 80 milliard dollardan ortiq summadagi eng yirik bitim AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida imzolangani hamda eng qizig‘i, bu vaqtda aynan Hillari Klinton AQSh davlat kotibi bo‘lganligini eslatib o‘tdi. "Umuman olganda, Klintonning davlat kotibi lavozimidagi faoliyati davomida AQShning qurol eksporti hajmi ikki barobar oshgan", - deya ta'kidladi Assanj. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid