Jamiyat | 12:05 / 04.11.2016
14291
2 daqiqa o‘qiladi

Farzandlarini derazadan uloqtirgan "ota" 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: © Flickr

Germaniyaning Bonn shahri sudi suriyalik qochqinni o‘z farzandlarini o‘ldirishga uringani uchun 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqida VVS nashri xabar berdi. 

Hasan ismli 35 yoshli suriyalik kishi joriy yilning fevral oyida uch nafar farzandini uyining ikkinchi qavatdagi derazasidan uloqtirgan, bunga uning turmush o‘rtog‘i bilan bo‘lib o‘tgan janjali sabab bo‘lgan. 

1, 5 va 7 yoshli bolalar omon qolishgan, biroq onaning so‘zlariga ko‘ra, to‘ng‘ich va o‘rtancha farzandlarida sog‘liq bilan bog‘liq muammolar mavjud. Bundan tashqari, ularning uchalasi ham ruhiy jarohat olgan. 

Suriyalik "ota"ning huquq himoyachisi so‘zlariga ko‘ra, uning jinoyatga qo‘l urishiga "isnod" hissi yetaklagan: uning turmush o‘rtog‘i eriga itoat etmasligini va unga Yevropa ayollaridek muomala qilishni talab qilgan. Buni eshitgan suriyalik kishi g‘azabi jo‘shib ketgan va farzandlarini derazadan uloqtirgan. 

Sud zalida hukm o‘qilganidan keyin ayblanuvchi "Suriyada bo‘lganimda meni bir oyda qo‘yib yuborgan bo‘lishardi", deb  aytgan. 

Germaniya - so‘nggi yillarda qabul qilingan qochqinlar soni bo‘yicha yetakchilardan biri. 2015 yilda mamlakatga bir milliondan ortiq muhojir va qochqinlar kiritilgan. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid