Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida yer usti metrosi qurilishi boshlandi
Foto: railway.uz
Toshkent shahrining Sergeli mavzesigacha «Yengil metro» tizimini, ya'ni yerning ustidan estakadalar (ko‘priklar) orqali o‘tgan yangi metropoliten yo‘lini qurish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar bergan.
Sergeli mavzesiga yer osti metrosini qurish murakkab ish bo‘lgani sababli metro yer ostida emas, estakadalar orqali harakatlanadi.
«Metropolitenning Olmazor» bekatidan Sergeli mavzesigacha uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etuvchi 6ta bekat qurilishi rejalashtirilgan. «Sergeli» yo‘nalishi metroning «Olmazor» bekatidan ulanadi», deydi loyiha bosh muhandisi Sunnat Jumaboyev.
Murakkab muhandislik loyihalari asosida bunyod etilayotgan inshoot shahrimizning "Choshtepa» mahallasi oralig‘idan o‘tadi. Yangi yo‘lning so‘nggi bekati Sputnik mavzesidagi Marg‘ib ko‘chasi bo‘ladi. Qurilish jarayonida uzunligi 26 metrni tashkil etuvchi ko‘plab balkalar o‘rnatiladi. Loyiha 4 yilga mo‘ljallangan. Bekatlarda eskalatorlar, kutish maydonchasi o‘rnatiladi, amaliyotga so‘nggi rusumdagi texnologiyalar joriy etiladi.
Bugungi kunda shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Yunusobod yo‘lining «Shahriston» va «Turkiston» bekatlarigacha bo‘lgan uzunligi 2,7 kilometrni tashkil etuvchi, loyiha doirasida bitkazilmay qolgan hududda ham ishlar boshlangan.
Bundan oldinroq Toshkent shahrida bunyod etilishi davom ettirilayotgan metro qurilishi endi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Toshkentda metroning Yunusobod yo‘nalishining qolgan qismi qurilishi boshlandi
Mavzuga oid
07:35 / 17.12.2025
Muhandislik shedevrlari: dunyodagi eng uzun 10 ta tunnel
13:19 / 16.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yunusoboddagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi
10:51 / 10.12.2025
Toshkent metrosida to‘rtta bekatning yopiq vestibyullari qayta ochiladi
10:34 / 06.12.2025