Jahon | 18:17 / 04.11.2016
5343
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada sobiq prezident Yanukovichga nisbatan 8ta jinoiy ish ochildi

Foto: © RIA Novosti

Ukraina bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga nisbatan 8ta jinoiy ish ochildi. Bu haqda prokuraturaning maxsus tekshiruvlar departamenti rahbari Sergey Gorbatyuk ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, ish hali sudga oshirilmagan.

«Ayblov e'lon qilingach, ishni sudga oshirish uchun 1 yil muddat bo‘ladi. Biz ayblov va qidiruv e'lon qilgach, surishtiruv ishlarini to‘xtatamiz», — degan Gorbatyuk. 

Bundan oldinroq, Ukraina bosh prokuraturasi Viktor Yanukovich ishini yakunlash bo‘yicha boshqarma tuzgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid