Ukraina sobiq prezidenti va Mintaqalar partiyasining sobiq rahbari Viktor Yanukoviç Yevropa Ittifoqi tomonidan öziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qiliş uçun ön yil davom etgan huquqiy kuraşda yutqazdi. Yevropa Ittifoqi sudi tarkibiga kiruvçi YeI boş sudi 18 sahifalik qarorda Yanukoviçning şikoyatini rad etdi.

Yanukoviç 2010 yildan 2014 yilgaça Ukraina davlati rahbari lavozimini egallagan va Yevromaydon voqealaridan keyin Rossiyaga qoçib ketgan. Unga ilk bor 2014 yilda Yevropa mamlakatlariga kiriş taqiqlangan va Yevropadagi aktivlari muzlatilgan paytda Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan. 2022 yilda, Rossiyaning Ukrainaga qurolli bosqinidan söng, çeklovlar kengaytirildi. Yanukoviç öz pozitsiyasini sanksiyalar joriy etilgan vaqtda Ukrainada unga qarşi jinoyat işlari göyoki oçilmagani, Bryusselda esa «aniq dalillar yöqligi» bilan izohladi.

Yevropa sudyalari Viktor Yanukoviçning prezident sifatidagi xatti-harakatlari «mamlakatni beqarorlaştirişga aniq hissa qöşganini» va şu uni sanksiya röyxatiga kiritiş uçun qonuniy asos bölganini ta’kidladi. Qolaversa, u Moskvaga qoçganidan keyin ham Rossiya rasmiylaridan uzoqlaşmagan.