Texnologiya | 00:06 / 05.11.2016
9678
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Mark Tsukerbergga nisbatan tergov boshlandi

Foto: Reuters

Germaniyaning Myunxen shahri prokuraturasi Facebook asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg hamda kompaniyaning bir qator top-menejyerlari – boshqaruvchi direktor Sheril Sendberg, Yevropadagi siyosat masalalari bo‘yicha vitse-prezident Richard Allan va uning berlinlik hamkasbi Yeva-Mariya Kirshziperga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda 4 noyabrda Spiegel Online xabar bermoqda

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ular millatlararo adovatni avj oldirishga sheriklikda ayblanmoqdalar. Vyurtsburglik advokat Chan-yo Tszyun bergan da'vo arizasida ijtimoiy tarmoq rahbariyati qotilliklar, zo‘ravonlikni qo‘llashga tahdidlar, xolokostning inkor qilinishi va boshqa qoidabuzarliklarga qarshi chaqiriqlarning tarqalishiga qarshi kurashmayotgani aytilgan.

Da'vo arizasida kompaniya qonunga xilof kontent haqida bila turib uni o‘chirib tashlamagan bir qator holatlar qayd qilib o‘tilgan.

Nashrning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoq Germaniyada shubhali postlarni tarqatishga munosabat bildirmasligi uchun bir necha marotaba tanqid qilingan. Tsukerberg fevralda xeyterlar (tajovuzkor odamlar) muammosini hal qilishga va'da bergandi.

"Bu juda muhim masala. Xeyterlar – bu dahshat, ularga Facebook’da joy yo‘q. Germaniyada biz bu muammoni uncha yaxshi uddalay olmadik. Biroq va'da beraman, biz uni albatta hal qilamiz", deb aytgandi Tsukerberg.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid