Jahon | 08:14 / 05.11.2016
6672
2 daqiqa o‘qiladi

Stokgolm aeroportida AQSh bilan chegara paydo bo‘ladi

Foto: aerosvit.ua

Shvetsiya hukumati AQSh bilan Stokgolmning Arlanda aeroportida Amerika birlamchi chegara nazoratini tashkil etish bo‘yicha kelishuvni imzoladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Xabarlarga ko‘ra, shartnoma kuchga kirgach, AQSh chegara nazorati AQShga parvoz qiluvchi samolyotlarga kirishdan avval amalga oshiriladi. Chegarani kesib o‘tish bo‘yicha barcha rasmiy jarayonlar Amerika xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Odatda, xorijdan Qo‘shma Shtatlarga kelgan yo‘lovchilarni nazorat qiluvchi organlar xodimlari ayni vazifani chet el aeroportida bajarishadi. 

Bitimni imzolash marosimi 4 noyabrda AQShning Shvetsiyadagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan. 

«Bu shartnoma Arlandadan AQShga parvoz qilayotgan ko‘plab yo‘lovchilarning safarini yengillashtiradi», — degan Shvetsiya hukumat devoni vakillari. 

Hozirda, bu kabi Amerika chegarasini kesib o‘tish nazorat punktlari Kanada, Aruba, Bermud orollari, Bahama, Irlandiya va Abu-Dabi aeroportlarida bor.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid