Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar qonunlarni takomillashtirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mamlakat tadbirkorlarini biznesni yuritishga oid normativ-huquqiy va tashkiliy-amaliy asoslarni o‘zgartirish ishlariga faol jalb etish istagida. Shu munosabat bilan, tadbirkorlar Bosh prokuratura saytiga joylangan e'lon bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga to‘sqinlik qilayotgan qonunchilik talablarini o‘zgartirish bo‘yicha fikrlarini bildirishlari mumkin.
Eng yaxshi taklif bildirgan mualliflar, ularni amaliy tatbiq etishda bevosita ishtirok etishi mumkin bo‘ladi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Bosh prokuratura tadbirkorlikni rivojlantirishdagi to‘siqlarni yo‘q qilish bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma loyihasi doirasida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.
Uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad – tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan tizimli muammolarni va mavjud huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni yig‘ish va umumlashtirish, tadbirkorlik sub'yektlariga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
O‘tkazilgan uchrashuvlarda kapital qurilish, ulgurji va chakana savdo, xizmatlar ko‘rsatish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, fermerlik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, zaxiraga g‘amlash va eksport qilish, yengil va poyafzal sanoati, qurilish materiallari va texnologik uskunalari ishlab chiqarish, moliya va bank xizmatlarini ko‘rsatish, zargarlik sanoati va boshqa sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan 200 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etgan.
Mazkur tadbirlar yakuniga ko‘ra tadbirkorlar tomonidan qayd etilgan muammolarning ro‘yxati tuzilib, ular tarmoqlar va sohalar bo‘yicha tizimlashtirildi, ularni bartaraf etish bo‘yicha tahlillar amalga oshirilmoqda hamda takliflar ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026