Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada AQSh va Turkiya harbiy qo‘mondonlari uchrashdi
6 noyabrda AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danford Anqarada Turkiya bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar bilan uchrashgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Uchrashuv tafsilotlari oshkor qilinmagan. Ayni vaqtda yagona ma'lum narsa shuki, uchrashuv AQSh tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
6 noyabrda bundan avvalroq Suriyaning Raqqa shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlangani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Ta'kidlanishicha, shaharga hujum AQSh ko‘magida olib borilmoqda. Bungacha esa Turkiya Raqqani ozod qilishda AQShni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026