Jahon | 07:53 / 07.11.2016
9136
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya zilziladan keyin yana bir tabiiy ofat girdobida qoldi

Foto: NOAA/Globallookpress

Italiyada kuchli bo‘ron oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Tabiiy ofat Rim va poytaxt joylashgan Latsio viloyatiga to‘g‘ri keldi. Rim markazida kuchli shamol oqibatida inshootlarga anchagina shikast yetgan. Ma'lum qilinishicha, uylarning yuqori qavatlari qisman vayron bo‘lgan.

Halok bo‘lganlardan biri hindistonlik 25 yoshli yigit bo‘lgan. Unga ibodatxonadan ajrab chiqqan karniz bo‘lagi tekkan. Yana bir qurbon Rimdan shimolda joylashgan Chezano shahrida yashovchi 61 yoshli erkak bo‘lgan. Uning halok bo‘lishiga shamol bilan qo‘porib tashlangan daraxt sabab bo‘lgan.

Shuningdek, bo‘ron oqibatida Italiyaning markaziy shaharlarining ko‘plab ko‘chalari suv ostida qolgan. 

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabrda Italiyada 6,5 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila kuchi bir necha markaziy tumanlarda sezilgan. Zilzila markazi Rimdan 132 km uzoqlikda bo‘lgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid